Erkalatib o‘ynatish
Oddiy, deyarli harakat bo‘lmagan o‘yinlar bilan bolalarni o‘ynatsa bo‘ladi. Masalan, birga mashina o‘ynash, oyoqda tebratish, ot bo‘lish kabilar.
Ammo ularning ikki qo‘lidan ushlab aylantirish yoki bir qo‘lida ko‘tarish, yerdan va o‘sha odam gavdasidan yuqoriga irg‘itish kabilar juda yomon. Chunki bunday holatlarda bolaning qo‘li chiqishi, agar yiqilsa, sinishi yoki biror joyi qattiq lat yeyishi mumkin. Shuning uchun ehtiyot bo‘lib, bola bilan qaltis harakat va o‘yinlar qilmagan va o‘ynamagan ma’qul. Ayniqsa, hali maktab yoshiga yetmagan, bog‘cha yoshidagi, asosan, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan yuqoridagi o‘yinlarni o‘ynalmasligi kerakligini maslahat beramiz.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar