Shunchaki ko’chalarida qaysidir ish bilan yurib odamlarni kuzatib ulardan hulosa chiqarib, eski o’tgan ko’chalardan o’tib bolalikni eslab. Yurt havosidan minnatsiz havodan nafas olishni juda sog’indim…
Kimlargadir men yashayotgan davlat chiroyli ko’rinar, oson hayot kechirayotgandek ko’rinarman. Ammo unday emas. Men o’z yurtimda sayyohman. 2-3 yilda bir borib bir oyda qaytib kelaman.
Bu joyni juda yaxshi ko’raman. Uyimizdan 200 metr masofada joylashgan. Bo’sh vaqtim kelib turaman. Mutlaqo bepul. Agarda oddiy telefonda videoga olsangiz bepul ekan. Kamera bilan bo’lsa syomka jarayoni hisoblanarkan. Blog yuritmoqchi bo’lgan insonlar uchun studiyani o’rniga zo’r joy. Shaxsan o’zimga. Bu joyni bir kun to’liq video tahlil qilib beraman . Va kelgusidagi video kontentarim shu joyda bo’ladi.