#muammo Siz ijtimoiy tarmoqqa ko’p vaqt sarflab qo’yasiz. Keyin esa kitob o’qigingiz kelmay qoladi. Sababi miya juda ham ko’p axborotni bir vaqtni o’zida hazm qila olmaydi. Shuning uchun ko’p vaqt ijtimoiy tarmoqda ( Instagram, You Tube, Tik Tok ) o’tirganingizdan keyin kitob o’qimoqchi bo’lsangiz miya har xil baxonalar bilan sizni kitobdan uzoqlashtiradi va sizda kitob o’qish qiyin jarayon degan tushuncha paydo bo’ladi. Ammo buni tuzatishni yo’li bor.
#yechim Men sizlarga ijtimoiy tarmoqning asl basharasini ko’rsataman. Reels, short video yoki xohlagan Tik Tok videosini tanlaysiz. Ana o’sha videoni 10 marta qayta ko’rasiz. Agar qayt qilgingiz kelmagan bo’lsa yana 30 marta ko’ring. Shundan so’ng siz u videoni boshqa ko’rishni istamay qolasiz. Miya bir xil narsani ko’raverib undan uzoqlashishni istab qoladi. Smart qurilmangizni
bezovta qilmaslik sozlamasini yoqib ko’chaga biroz sayr qilgani chiqasiz. Toza havoda 10-15 daqiqa sayr qilganingizdan keyin miya biroz bo’lsada dam oladi. Keyin uyga qaytib kitob mutolaasini boshlaysiz. Huddi shu daqiqadan boshlab siz kitobni maroq bilan o’qiy boshlaysiz.
Maroqli mutolaa
📚@hikmatillo_kutubxonasi