#kechki_mutolaa Sa’saa ibn Savxondan:
«Badaviy arablardan biri Alining, roziyallohu anhu, oldiga kelib:
— Ey amiral mo‘minin, siz: “Laa ya’kuluhu alla’l-xootuun” (Al-Haaqqa, 37) oyatini (zohiriy ma’nosi: “qonli yiringni faqat qadam bosganlar yeydi”) qanday tushunasiz? Nahotki, qadam bosmaydigan insonlar ham bo‘lsa? — deb so‘radi.
Ali, roziyallohu anhu, kulimsirab:
— Sen so‘zni yanglish talaffuz qilmoqdasan. “Laa ya’kuluhu alla’lxootuun” emas “illa’l-xootiuun”. (Jahannamda qonli yiringni faqat gunohkorlar yeydi”), deb to‘g‘ri o‘qigin, –dedilar.
— Ha, ey amiral mo‘minin. To‘g‘risi siz aytganingizday bo‘ladi, — dedi u arab.
Shundan so‘ng Hazrati Ali, roziyallohu anhu, yonlarida turgan Abu Asvad ad-Dualiyga o‘girilib:
— Bugun arab bo‘lmagan bir necha millatlar musulmon bo‘lib, arablarga qo‘shildilar. Shu sababli arab tili buzilishga yuz tutdi. Xalqqa shunday narsani o‘rgatginki, u bilan arabiy tilni buzilishdan muhofaza eta olaylik, — dedilar.
📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ