1 million
“Besh ming yildan beri ahvol shu. Raqqosa yozuvchidan koʻp pul topadi. Barabanchi esa novvoy, duradgor va temirchidan koʻp pul topadi...
Agar sen Eynshteynni ilmiy majlisga chaqirsang, soʻngra yalangʻoch ayolni jurnalistikaga oid suhbatga chaqirsang, kishilar Eynshteyn va uning ilmini tashlab yalangʻoch ayol atrofida jamlangan boʻlishar edi.
Bunda bizning gunohimiz yoʻq. Buning sababi, ular havoyi-nafsiga qul, shahvatlariga asirdir. Shuning uchun ular arzimagan ishlarga shijoat koʻrsatib, jiddiy ishlardan yuz oʻgirishadi”
© Mustafo Mahmud, “Qaynash nuqtasi” kitobidan.
***
9 kun avval YouTube’ga ta’limdagi muammolar haqida joylangan podkastimiz endigina 19 mingta ko’rilibdi.
Hali YouTube’ga joylanganiga 1 kun ham bo’lmagan san’atkorning oilaviy mojarosi aks etgan videosi esa 1 mlnga yaqin ko’rildi.
© Isroil Tillaboyev
📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ