Firibgarlarga aldanib qolmang!
Bugungi kunda firibgarlar internet tarmoqlarida soxta sahifalar ochib, fuqarolarga kompensatsiyalar taklif qilmoqda.
Aynan shu masala yuzasidan
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga bir necha kun ichida 10 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Fuqarolarning so‘zlariga ko‘ra, havola orqali o‘tishgach, kartalaridagi mablag‘lari nomaʼlum shaxslar tomonidan yechib olingan.
Kompaniya bu turdagi eʼlonlarga mutlaqo aloqasi yo‘qligini maʼlum qiladi.❗️Sizlarni bank kartalaringiz haqidagi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslik va ochiq manbalarda eʼlon qilmaslikka chaqirib qolamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube