🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tadbirkorlarga imtiyozli stavkalarda moliyaviy xizmatlarni taklif etmoqda:
📊 Tadbirkorning loyihalarini amalga oshirishda
foizlarsiz va garov taʼminotisiz 5 mlrd so‘mgacha bino-inshoot va uskunalar ko‘rinishida kapitalga ulush kiritadi;
🏦 20 mlrd so‘mgacha bo‘lgan bino-inshoot va uskunalarni xizmatlar ipotekasi orqali yillik
17,5% hisoblash yoki bo‘lib to‘lash sharti bilan garov taʼminotisiz tadbirkorga taqdim etadi;
💵 Xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga
20 mlrd so‘mgacha qarz moliyaviy yordamlarini imtiyozli stavkada taqdim etadi.
💸 Tijorat banklari, lizing kompaniyalari va mikromoliya tashkilotlariga tadbirkorlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun
7 yilga 5 mlrd so‘mgacha kredit (lizing) uchun
resurs joylashtiradi;
📝 Tadbirkorga kredit ajratilishida garov taqchilligi yuzaga kelganda
5 mlrd so‘mgacha kafil bo‘ladi;
🛡 Kredit foizining
5,4 foizgacha bo‘lgan qismini
kompensatsiya qilib beradi;
🪙 Kichik tadbirkorlarga ajratilgan mikrokreditlarning
100 mln so‘mgacha qismini qayta moliyalashtiradi.
Batafsil:📱@edcomuz ☎️ 71-205-57-57