Смотреть в Telegram
Forwarded from Amirxon Keldiyorov
Koʻcha sheʼriyatining tonggi nafasi Bu mavzuda pafosga berilmaslikka harakat qilaman Asosiy fikrdan va mavzudan uzoqlashmay gapning indallosiga oʻtaman. Bugun sheʼriy konsert boʻldi. Yaxshi yutuq sheʼrsizlik sindromi boʻlib qolganlarga yaxshi muolaja. Qatnashchilar ikki xil turga boʻlingan: Mahoratli, sheʼr soʻli ketmasidan yetkazadigan va oʻrtamiyona , sheʼrni his qilmagan va his qildirolmaganlar. Hozir katta va balandparvoz gaplar aytib maqtash oʻrinli emas kelajagi bor koʻrindi menga faqat bu loyiha ustida kuchli ishlash kerak kim sheʼr aytadigan boʻlsa, uning zimmasiga maʼsuliyat borligini unutmasligi chuqur his etishi omma oldiga chiqquncha boʻlgan vaqtda oʻzini tayyorlash, uni shu ishni boshlaganlarga eshittirish va oʻzida boʻlgan kamchilikni yoʻqotish kerak. Masalan, isteʼdodli shoir va tarjimon Rahmat Bobojonni eshitib, toʻgʻrisi, maza qilmadim oʻqigan sheʼrlari zoʻr uni yetkazib berish esa juda sayoz, oʻzim tanigan Sarvar ismli bolada esa hali sahna madaniyati shakllanmagan nimani qayerda oʻqishni bilmaydi. Ha aytgancha, ishtirokchilarning aksari chetga oʻtib tamaki chekish-u gurungdan naryogʻiga oʻtmadi bu umuman toʻgʻri emas ishonch va hurmatni oʻzingdan boshlamas ekansan oʻzgalardan ham hech nima kutma? Nur Muhammadga rahmat aytaman xuddi bu ishi uchun kamida 200 ming dollar mukofot puli oladigandek harakat qilib yuribdi vaholanki u bu ishlari uchun faqat menga oʻxshaganlarning toshlariga nishon boʻladi xolos. Qaniydi shunday harakatni barchamiz amalga oshirsak. Texnik uskunalar oʻz yoʻliga u ham yoʻliga tushar lekin sahna va shoir ustida ishlash kerak. Men shoir yozsa boʻlgani qolgani uni ishi emas derdim bugun bilgim-ki bu kamlik qiladi. Isteʼdodli shoir bir satrda tanilishi mumkin oʻsha satr nishonga toʻgʻri urilsa bas xuddi Najmiddin Ermatov kabi. Natija yaxshi kamchiliklar ham bor yutuq ham. Faqat har kim chiqib sheʼr oʻqisin deyilmasin oʻqiydigan shoirni avval sheʼri va oʻzi bilan alohidalikdagina tanishib chiqish shart soʻng sahnaga chiqsin nega bunday deyayotganimni hozir aytaman. Har bir ishda maqsad boʻladi. Bunda ham bir maqsad bor. Shulardan bir nechtasini sanab oʻtaman: Estetik zavq berish va olish, odamlar orasiga sheʼrning kirib borishi, shoir oʻz qalbidagi tugʻyonlarni his qildirish va boshqa turli xil... Shu maqsadlar amalga oshishi uchun hamma narsa qilish kerak, hamma narsa. Buning uddasidan chiqish oson boʻlmaydi. Pichirlab oʻqib nimaga erishdingiz deb hech kim aytmaydi sizni eshitishlariga majbur qiling mol bozorida daldollarni koʻrmaganmisiz? Ehhe qanday ogʻziga qaratib qoʻyadi xuddiki butun dunyoning savdosini oʻsha qilyapti deb oʻylaysiz bu kulgili tuyulsa-da, juda ajoyib natija ular bitta kitob oʻqimay turib ham, mingta odamni vaqtini tekinga xatlab olganida nahotki biz soʻzga daʼvogarlik qilib turganlar uddalay olmasak? Shou boʻlib ketmaydimi! Boshlanishida kamchilik boʻladi deb boʻsh qoʻyib qoʻyilsa, oqibati yaxshi boʻlmaydi. Bir paytlar shunday sheʼriy kechalar boʻlardi ammo koʻp boʻlmadi deb eslab yuramizmi? Shoirlarga navbat berilganda tortinish bor bu ham menusga ishlaydi avvaldan kelishib olish kerak kim qachon chiqadi qaysi obrazni gavdalantiradi. Ketma-ket uchta qaygʻuli sheʼr oʻqilgandan soʻng yana bir shoir buni takrorlashi kerak emas boshqacha ruh boshqacha kayfiyatda ijro boʻlsin. Reja qilinib, ssenariy tuzish va oʻsha ssenariy asosida chiqish qilinsa yaxshi natija beradi deb oʻylayman yana bilmadim. Bilaman hamma oqib keladi deb boʻlmaydi adabiyot kishisiga esa bu juda qiziq... Tasavvur qiling, oʻqigan sheʼringiz bir qizning yuragiga taskin bersa, yigʻlatsa, ota-onasiga talpintirsa, sevgiga oʻxshash nimadirlar borligini anglatsa, bir yigitning naʼralarini sopidan yalongʻochlasa yutuq emasmi? A.K
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств