Bu posterni ko‘rganimda ko‘zim yondi. She’riy konsertning birinchi soniga bora olmaganimdan afsuslangandim, shungami bu safar ich-ichimdan “Albatta, boraman” degan quvonch tuyğusi o‘tdi.
Bordim. Yana bormoqchiman.
Judayam fayzli davra Bo‘ldi. Va nimalar yodimda qoldi, bilasizmi:
Asliddin Nur — kelishgan yigitchaning titroq tovushda qaynoq she’rlar bilan davrani boshlab bergani;
Elyor Haydar — do‘stimning qalbidek otashin she’rlari;
Sanjar Toshbekov — samarqandlik shoirning hali nuqta-verguli ham qo‘yilmagan issiq she’ri;
Jontemir— sahnaga chiqmadi, ammo ko‘zim tushgandek Bo‘ldi: Rokk yulduzlariga o‘xshash stilda kiyingandi;
Nurmuhammad Abduzoir — she’riyatga muhabbati o‘zining ko‘zlaridek dengiz…
Islom Ali — aka bilan tanishmoqchi edim, murodimga yetdim;
Shahboz Fayzullayev— ozarboyjoncha ğazal, xirgoyi, o‘zini sahnadan olib qochish, monologlardagi kuchli mahorat;
Begzod Hazratov — mutoyiba, multik qahramonlariga mos real ovoz, hazillar va bolalar adabiyoti…
“Chorsu4B” !@Xolida_Musulmon