#Maqolalar #ilmiy_tadqiqot
“SIYOSATNOMA” ANʼANASI VA ABU YUSUFNING HORUN AR-RASHIDGA TAVSIYALARI
Abu Yusuf bu kitobni yozishdan maqsadini quyidagicha ifodalaydi: “Moʻminlar amiri, Alloh uni qoʻllab-quvvatlasin, mendan oʻzi uchun xiroj, ushr, zakot, jizya va boshqa soliqlarni yigʻishda, mazkur ishning mohiyatini anglab, unga muvofiq ish tutishda qoʻllanma boʻladigan kitob yozib berishimni soʻradi. Bu kitobni yozdirishdan maqsad – fuqarolariga zulm (jabr) qilmaslik va ularning farovonligini taʼminlashdan iborat. Alloh moʻminlar amirini koʻzlagan ishiga muvaffaq qilsin, uni toʻgʻri yoʻlga boshlab, maqsadiga erishishida yordam bersin, uni tashvishga solayotgan narsalardan salomat qilsin” [6:8].
Abu Yusuf undan soʻralgan masalalar haqida yozishni boshlashdan oldin Horun ar-Rashidga adolatli boshqaruv haqida bir qancha maslahat beradi. Bu maslahatlarning eng birinchisi adolat bilan hukm chiqarish haqida edi. U bu haqda: “Ertaga tajovuzkorlar yoʻlidan borganlar qatorida Аlloh huzurida toʻxtamagin, negaki, qiyomat kunining egasi oʻz bandalarining maqomiga qarab emas, balki bajargan ishiga qarab jazo beradi” [3:35]...
Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=39779&lang=oz📝 Кирилл алифбосида ўқинг
Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.center/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35🫥https://taplink.cc/bukhariuz