#Maqolalar #ilmiy_tadqiqot
SAFFOR BUXORIYNING “TALXISUL ADILLA” VA UMAR NASAFIYNING “AQOID” ASARLARI QIYOSIY TAHLILI
Ilk davr olimlari Qurʼon va hadisda kelgan aqidaviy masalalarni chuqur oʻrganib, odamlarga qulay boʻlishi uchun kichik hajmdagi risolalar yozgan. Odatda bunday risolalarda Ahli sunna val jamoa aqidasi umumiy tarzda aniq-ravshan ifoda qilingan boʻlib, qarshi fikrlarga eʼtiroz va bahs-munozaralarga oʻrin qoldirilmagan [1].
Har bir sohada boʻlganidek, aqoid fanida ham dastlab Qurʼon va hadislardan olingan kalomga doir masalalar ixcham shaklda berilgan. Bunday asarlar keyingi davr olimlari uchun mazkur soha boʻyicha sharhlar bitish imkoniyatini bergan.
Movarounnahrda XI asrda hanafiylik taʼlimoti asosida kalom maktabining shakllanishida Samarqand ilmiy muhitining oʻrni oʻziga xos boʻlgan [2]. Ushbu asr oxirida moturidiya taʼlimoti shaharda hali keng miqyosda yoyilmagan edi. XII asrga kelib, moturidiyaga oid kitoblar yozilishi, usullarning yuzaga kelishi natijasida bu taʼlimot atrofga yoyila boshladi. Bu davr moturidiyani mustahkamlovchi dalillar toʻplanishi bilan ham ahamiyatlidir...
Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=39796&lang=oz
📝 Кирилл алифбосида ўқинг
Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.center/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz