Olchali chizkeyk🤤❇️Kerakli masalliqlar:
250 gr pechenye
120 gr saryogʻ
700 gr tvarojniy sir
200 gr qaymoq
4 ta tuxum
200 gr shakar
Chimdim vanilin
250 gr olcha
60 gr shakar
8 gr kukuruzniy kraxmal
❇️Tayyorlanishi:
Pechenyeni maydalap hona haroratidegi saryogʻ bilan aralashtirib olamiz. Qolibga solib chetlarini chiqarib tekislab olamiz.
Idishga tvarojniy sir, qaymoq, shakar, tuxum, chimdim vanilin solib aralashtirib olamiz. Tekislagan pechenye ustida quyib 150* da 1 soat davomida pishirib olamiz. Pishgandan keyin sovutib olamiz.
Ungacha tozalangan olchaga shakar va kraxmal solib qaynatib olamiz.
Sovugan massamizni sovuq chizkeyimiz ustidan quyamiz. 30 daqiqa haladilnikka qoyib olamiz. Tayyor boʻlgan chizkeykimizni dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!