💲Uch yil oldin zarar ko‘rib ishlagan TBC Uz foydasi hozir $30 millionga yaqinlashmoqda
Bank (TBC Bank), fintex (payme) va muddatli to‘lovni (payme Nasiya) o‘z ichiga olgan TBC Uzbekistan guruhi 2024-yilning III chorak yakunlarini
e’lon qildi.
Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarning umumiy soni
17 million kishini tashkil etdi (o‘tgan yilga nisbatan
+40 foiz).
Bu TBC Uz’ni butun Markaziy Osiyodagi eng yirik ekotizimlardan biriga aylantiradi.
Ammo, ro‘yxatdan o’tish bitta narsa, doimiy foydalanish esa mutlaqo boshqa narsa.
Shuning uchun boshqa bir ko’rsatkich,
MAU (bir oyda faol foydalanuvchilar),
5 million kishigacha (
+34 foiz) oshgani muhimroq.
Faol merchantlar soni
7 mingga (
+76 foiz) yaqinlashdi. Bu payme’da tanlov qanchalik oshganini ko‘rsatadi.
Ammo
eng muhim va katta o‘zgarishlar TBC Bank bilan sodir bo‘ldi.
⏺ Birinchidan, kreditlar
$460 millionga (
+99%) yaqinlashdi. Bu bankning qanchalik kattaligini ko‘rsatadi.
Endilikda TBC Bank
36 ta bank orasida Tenge Bank, Asia Alliance Bank, Trastbank kabi banklarni ortda qoldirib, 18-o‘rinni egallab turibdi.
Lekin shunchaki kredit berishning o‘zi yetarli emas, bu yerda sifat ham muhim.
Bu borada TBC Bank’da hammasi yaxshi, chunki muammoli kreditlar ulushi atigi
2,8 foizni tashkil etadi.
⏺ Ikkinchidan, omonatlar
$314 milliongacha (
+66%) o‘sdi. Bu bankka o‘z jamg‘armalarini ishonib topshirgan odamlar ko‘payganligini ko‘rsatadi.
Natijada
TBC Uz to‘qqiz oy davomida
$41 million ishlab topdi va
$27 million sof foyda oldi.
2024-yilning uchinchi choragi ekotizim tarixidagi eng muvaffaqiyatli bo‘ldi — sof
$12 million.
Taqqoslash uchun, 2021-yilning xuddi shu choragini TBC Uz
$2 million zarar bilan yakunlagan edi.
Va bu o‘zgarish o‘z-o‘zidan emas, balki kompaniya 2020-yilda
20 foizdan oshiq ROE’ga (biznes samaradorligi ko‘rsatkichi) erishishni maqsad qilib qo‘ygani sababli bo‘ldi.
Hozir
ROE 26,6% tashkil qiladi.
Biznesda to‘g‘ri maqsadlar qo‘yilsa, to‘g‘ri natijalar bo‘lishiga yaxshi bir misol.
@beshtorr
#tbcbank #fintex #payme #kompaniyalar