Смотреть в Telegram
Nima uchun Yevropa BYD va boshqa xitoy elektromobillarini cheklayapti Yevropa Ittifoqi mamlakatlari xitoy elektromobillariga bojlarni 45 foizgacha oshirishga ovoz berdi. Sababi oddiy — SAIC, Geely, BYD va boshqa kompaniyalar Xitoy hukumatidan katta imtiyozlar olayotgani aniqlandi. Ushbu davlat yordami tufayli xitoy brendlari narxlarni pasaytirib, bozorlarni egallab olmoqda. Yevropada buni tahdid deb hisoblashmoqda, chunki Xitoy shu yo‘l bilan ta’sir o‘tkazish vositalariga ega bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, kompaniyalar boshqa kompaniyalar bilan raqobatlashishi lozim, hozir esa Yevropa ishlab chiqaruvchilari butun bir davlat bilan raqobatlashishga majbur bo‘lmoqda. AQSh ham bu nuqtai nazarni qo‘llab-quvvatlamoqda — u yerda sentyabrdan boshlab Xitoy elektromobillariga bojxona to‘lovlari 100 foizgacha ko‘tarildi. Xitoyda bunga nima deyishyapti? Ular, tabiiyki, rozi emas va yevropaliklarni xitoyliklar bilan halol raqobatlasha olmayapti, deb hisoblamoqda. Pekin hozirda javob choralarini tayyorlayapti. O‘zbekistonda-chi? Biz bunday mavzulardan yiroqmiz, chunki bizning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchimiz deyarli to‘liq davlatga tegishli. Yozda faoliyatini boshlagan BYD avtozavodining ham 60 foizi davlat tasarrufida. Ya’ni, avtosanoatimizni iqtisodiyot deb atash qiyin, bu ko‘proq siyosat. Shuning uchun bizdagi subsidiyalarga hatto Xitoy ham havas qilishi mumkin. Masalan, BYD Uzbekistan Factory 2024-yilning dastlabki besh oyida 23,9 mlrd so‘m soliq to‘lagan. Zo’r, lekin Evos shu davr ichida ko‘proq — 26,5 milliard so‘m soliq to‘lagan. Shu bilan birga, avtomobil zavodining tovar aylanmasi 1,7 trillion so‘mni, Evos esa 330 milliard so‘mni tashkil etdi. Ha, ba’zilarning soliq yuki 1 foiz bo‘lsa, boshqalarniki 8 foiz. Hamma teng, ammo kimdir tengroq, deganlaridek. Aytgancha, XVF yaqinda O‘zbekistonga investitsiyalarni jalb qilish uchun soliq imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqishni, ularning salbiy ta’sirini bosqichma-bosqich kamaytirishni tavsiya qildi. Yaxshi bo’lardi. Rasm: STR | AFP | Getty Images @beshtorr #avto
Telegram Center
Telegram Center
Канал