Madrasa ustozlari haqida
Qaysidir ustozni eng zoʻr deyish boshqalariga biroz hurmatsizlik boʻladi. Chunki hammalari zoʻr, oʻziga xos, juda ajib xislatlarga boy
Keling, ularning umumiy ajralib turadigan jihatlarini sanay:
1. Odob
Deyarli barcha talabalar birdek eʼtirof etadigan taʼsir - madrasadagi ustozlar odobi boʻlgan. Yaʼni ustozlar xulqining goʻzalligi sabab talabalar ham yaxshi tomon oʻzgarishgan, juda katta ibratlar olishgan.
2. Samimiylik
Bizda talaba va ustozlar begonadek emas, xuddi bir-biriga yaqin insonlardek muhit shakllangan. Koʻproq darsi bor ustozlar u yoqda tursin, hatto haftada bir kiradigan ustozlar ham talabalarni oʻzlariga yaqin olib, ularning ilmi va odobi uchun qaygʻurishadi.
Va dars davomida ham darsdagi ilmlarga tegishli hayotlaridagi qiziqarli va ibratli voqealarni aytib berishadi. Bu - birdamlik muhitini shakllantiradi
3. Ixlos
Buni endi tarʼiflarga til ojiz boʻlsa kerak. Maosh juda yuqori boʻlmasa-da, oldlarida kattaroq daromadli boshqa ishlar juda koʻp boʻlsa-da, Allohning dinini xolis yetkazish uchun juda ajoyib ustozlar jamoasi yigʻilgan. Ustoz sizga faqat ilm yetkazish uchun, xolis niyat ila dars berganida haqiqiy eʼtibor, mehr, qaygʻurishni his qilasiz
Boshida ilmga uncha kirisha olmay, ustozlarning xolis qaygʼurishini koʻrib, oʻzgarganlar koʻp boʻlgan
Madrasa haqida turkumi
@Azizbek_Zubaydullayev