Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrining
Shodlik, Bog‘zor, Ma’rifat va Mehrobod mahallalarida infratuzilmaning holati, obyektlarning shaharsozlik normalariga muvofiqligi, bo‘sh binolardan samarali foydalanish hamda aholi turmush sharoitlarini yaxshilash masalalari bilan tanishdi.
Shahar hokimi tomonidan
Termiz shahri bosh rejasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar va
kelgusidagi loyihalar taqdimot qilindi. Shuningdek, aloqador tashkilotlar mutasaddilari va mahallalar "yettiligi" vakillarining hisobotlari tinglandi.
Mahallalardagi muammolar ko‘chama-ko‘cha yurgan holda joyida o‘rganilib, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, "yashil" hududlarni kengaytirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berildi.
Mazkur chora-tadbirlar doirasida
aholining farovonligini oshirish va
shahar infratuzilmasini rivojlantirish ishlarini izchil davom ettirish maqsad qilingan.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X