Surxondaryoda 114 ta investitsiya loyihasi qurilishiga start berildi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrifi davomida "Tenda group" MCHJ binosida
2025-yilda xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish orqali viloyatda amalga oshiriladigan
114 ta loyihaning qurilishiga start berdi.
Onlayn formatda o‘tkazilgan tadbirda shahar va tumanlar hokimlari, tadbirkorlar hamda mutasaddilar loyihani amalga oshirish joylaridan ishtirok etishdi. Umumiy qiymati
3 mlrd dollarni tashkil etuvchi mazkur loyihalarning
88 tasi investitsiyaviy,
11 tasi turizm va
15 tasi iqtisodiy loyihalar hisoblanadi.
Prezidentimizning topshiriqlari bilan xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, yangi loyihalar hisobiga ishlab chiqarish hajmi va ish o‘rinlarini ko‘paytirish maqsadida
vohamizda joriy yil 165 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi qayd etildi.
Viloyat rahbari har hafta payshanba kunlari hududlarga tashrifi davomida
2 ta loyihaning amalga oshirilishi bilan tanishib, tadbirkorlarning muammolarini o‘rganishini ta’kidladi hamda shahar va tumanlar hokimlariga
haftada ikki kun tadbirkorlar bilan ishlash topshirig‘ini berdi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X