Смотреть в Telegram
♨️ Zihof va furuʼlarning miqdori hamda tarkibi borasida manbalarda ayrim tafovutlar ham kuzatiladi. Shams Qays Roziy oʻz asarida ajam aruzidagi 35 zihofni taʼriflaydi. Uning fikricha, bu zihoflarning 22 tasi arab aruziga xos boʻlib, ajam sheʼriyatida ham foydalaniladi, qolgan 13 tasi esa ajam aruziga xosdir. Bundan tashqari, u alohida faslda oldingi kitoblarga kiritilmagan 16 zihofni ham sharhlaydi: “Va chand laqabi digar hast, ki dar fusuli mutaqaddim zikr va sharhi on naraftaast, dar in mavzeʼ bayon kunem va on shonzdah ast: xazmu muoqabatu sadru ajzu turfonu bariyu muroqabatu solimu sahehu tomu mavfuru vofiyu moʻʼtadilu muarroyu majzoʻʼu mashturu manhuk”. (Va yana bir necha ism (atama) borkim, oldingi faslda ularning zikri va sharhi keltirilmagan edi, bu erda sharhini keltiraylik. Ular oʻn oltidir: xazm, muoqabat, sadr, ajz, turfon, bariy, muroqabat, solim, saheh, tom, mavfur, vofiy, moʻʼtadil, muarro, majzuʼ, mashtur va manhuk).
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств