#Nizomiy#Layli_va_MajnunNizomiy Ganjaviyning “Layli va Majnun” dostoni haqida taassurotlar Maktabda 5-sinfda o‘qir paytimiz fors tili darsi o‘tilgan. Dars mashg‘ulotlari shu tilga ixtisoslashgan xonada olib borilardi. Sinf devoridan bir qator mumtoz fors-tojik adiblari, jumladan, Nizomiyning ham portreti va quyidagi baytlari joy olgandi:
Он рӯз, ки ҳафтсола будӣ,
Чун гул ба чаман ҳавола будӣ.
Акнун, ки ба чордаҳ расидӣ,
Чун сарв ба авҷ сар кашидӣ.
Ғофил манишин, на вақти бозист,
Вақти ҳунар асту сарфарозист.
Дониш талабу бузургӣ омўз,
То беҳ нигарад рӯзат аз рӯз.
(Mazmuni: Yetti yoshlik paytlaringda chamandagi gulga mengzarding. Endi o‘n to‘rtga kirding va sarv daraxtidek ko‘kka bo‘y cho‘zding. Gʻaflatda qolma, o‘yin payti emas hozir, balki hunar bilan martaba qozonish vaqti yetgan. Ilm ista va buyuklikka intil, toki hayoting kundan-kun yaxshilanib boraversin.)