Смотреть в Telegram
#Nizomiy #Layli_va_Majnun VI Laylining otasi tomonidan qatʼiyan rad javobini eshitgach, Majnun qulogʻiga pand-nasihat kirmay, nima qilarini bilmay dashtu sahro sari yoʻl oladi. Qabilasidan, yaqinlaridan hech kim uning qayerda, nima ahvolda ekanidan xabardor emas. Majnun koʻproq Najd togʻiga borar edi. Chunki Laylining qabilasi Najd togʻi ortida joylashgan va u oʻsha tomondan esadigan mayin shamoldangina bahramand boʻlardi. Bani Asad qabilasiga mansub bir yoʻlovchi Najd orqali oʻtib ketayotib tasodifan Majnunga duch keladi va uning otasiga xabar beradi. Shayx Nizomiyning ham, Hazrat Navoiyning ham dostonlarida, menga qolsa, eng taʼsirli epizod Majnunning otasi bilan koʻrishish sahnasidir. Nizomiyda ota ikki marta oʻgʻlining oldiga keladi (ikkinchi safarida Majnun hatto otasini hadeganda taniyvermaydi). Birinchi kelishidayoq otasi Majnunning ahvolini koʻrib, ich-ichidan eziladi va oh chekib sallasini yerga uradi-da, jumladan, shunday deydi:
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств