Bittaliklar bu gunohlar. Alloh taolo qilingan gunohni adolati ila bitta gunoh deya bitib qo‘yadi. O‘ntaliklar bu savoblar. Alloh taolo har bir savobli amalga fazlu marhamati bilan eng kamida o‘nta bo‘lmasa yetti yuzta yoki O‘zi xohlagancha savob beradi. Endi bu inson qanday badbaxtki bitta savobli ish qilib ortidan o‘n bitta gunohga qo‘l uradi. Natijada bittaliklari o‘ntaliklaridan ko‘p chiqadi. Bunday kimsaning holiga vayl bo‘lsin. Vaylning ma‘nosi holiga voy bo‘lsin yoki Vayl degani bu Jahannamdagi vodiyning nomi.
Allohim! Haloling ila haromdan, toating ila ma‘siyatdan bizlarga kifoya qil!
Usulul fiqh ilmiga kiritilgan ayrim mavzularni avom(shar‘iy ilmlarda mutaxassis bo‘lmagan) insonlar ham bilishi zarur. Masalan, mujtahid kim va muqallid kim? Kimdan fatvo so‘raladi va kimdan so‘ralmaydi? Mukallaf va mukallaf bo‘lmagan insonlarning sifatlari va hokazo.
Har kim o‘z saviyasida xizmat qilsa, rivojlanish bo‘ladi. Masalan, kimdir Muallimus soniydan dars bera oladi. Boshqa birov Ibodati Islomiyyadan. Yana kimdir Aqoid Nasafiyyaning sharhidan. Yana birov Maqosid va Mavoqifning sharhlaridan dars bera oladi. Har birlarining o‘rni muhim va zarur. Negaki, boshlang‘ich saviyadagi kishi o‘rta va yuqori saviyadagi talabalarga dars berolmaydi. Ba‘zan esa yuqori saviyadagi ustoz boshlang‘ichlarga dars berishga imkoni bo‘lmaydi. Kunimizda bir kishi hammasini yolg‘iz amalga oshirishi imkonsiz. Yaxshilik va taqvo yo‘lidagi hamkorlik ana shudir.
Ayni mavzuni bir nechta sinfga o‘tasiz. Ma‘lumotlarning 80-85 %i takrorlanadi. Lekin, 15-20 %i farqli bo‘ladi. Ana shu har bir sinfdagi talabalarning o‘ziga xos rizqidir.
Juma ayyomi muborak bo‘lsin azizlar! Assalomu alaykum va rohmatulloh