Izoh:
Bittaliklar bu gunohlar. Alloh taolo qilingan gunohni
adolati ila bitta gunoh deya bitib qo‘yadi.
O‘ntaliklar bu savoblar. Alloh taolo har bir savobli amalga
fazlu marhamati bilan eng kamida o‘nta bo‘lmasa yetti yuzta yoki O‘zi xohlagancha savob beradi.
Endi bu inson qanday badbaxtki
bitta savobli ish qilib ortidan o‘n bitta gunohga qo‘l uradi. Natijada bittaliklari o‘ntaliklaridan ko‘p chiqadi. Bunday kimsaning holiga vayl bo‘lsin.
Vaylning ma‘nosi holiga voy bo‘lsin yoki Vayl degani bu Jahannamdagi vodiyning nomi.
Allohim! Haloling ila haromdan, toating ila ma‘siyatdan bizlarga kifoya qil!
@aqoid_asoslari