Смотреть в Telegram
Aqoid asoslari
Haqiqiy badbaxt ويلٌ لمن غلبت آحادهُ عشراته Bittaliklari o‘ntaliklaridan ustun kelgan kimsaga vayl bo‘lsin! @aqoid_asoslari
Izoh:

Bittaliklar bu gunohlar. Alloh taolo qilingan gunohni adolati ila bitta gunoh deya bitib qo‘yadi.
O‘ntaliklar bu savoblar. Alloh taolo har bir savobli amalga fazlu marhamati bilan eng kamida o‘nta bo‘lmasa yetti yuzta yoki O‘zi xohlagancha savob beradi.
Endi bu inson qanday badbaxtki bitta savobli ish qilib ortidan o‘n bitta gunohga qo‘l uradi. Natijada bittaliklari o‘ntaliklaridan ko‘p chiqadi. Bunday kimsaning holiga vayl bo‘lsin. Vaylning ma‘nosi holiga voy bo‘lsin yoki Vayl degani bu Jahannamdagi vodiyning nomi.

Allohim! Haloling ila haromdan, toating ila ma‘siyatdan bizlarga kifoya qil!

@aqoid_asoslari
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств