#munosabat Ijtimoiy tarmoqlar orqali Paxtaobod tumanida fuqarolarning yer maydoni bilan bog‘liq muammolari borligi holati yuzasidan tarqalgan murojaatning tegishli qismi yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
O‘rganishda, keltirilgan uy-joylar Vazirlar Mahkamasining 21.06.2018-yildagi 461-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Paxtaobod tumani hokimining tegishli qarori asosida Paxtaobod tumani, Qashqar MFY, (Nodirabegim MFY) hududida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonining bir qismi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi qolgan qismi esa foydalanish huquqi bilan fuqaro K.X ga biriktirib berilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Lekin yuqoridagi qarorni bekor qilish bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan Protest kiritilgan va qaror bekor qilingan.
Bundan tashqari, o‘rganish davomida murojaatdagi yana bir holatda tuman hokimining qaroriga asosan fuqaro M.B nomiga Nodirabegim MFY hududidagi yer maydoniga nisbatan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi hamda turar-joyga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilganligi aniqlandi.
Yuqoridagi yer maydoni hozirgi kunda nizoli bo‘lganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Yer Kodeksining 89-moddasiga asosan sud organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram |
🌐 Instagram |
🌐 Facebook |
🌐 You tube