🌿 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ayrim noo‘rin savollarga ajoyib javoblari:
❓– Shayx hazratlari, bahorda laylak pasayib uchsa, nima bo‘ladi?
– Laylak pasayib uchgan bo‘ladi.
❓– Shayx hazratlari, Qur’onda sumalak xaqida biror narsa yozilganmi?
– Qur’oni Karim pazandachilik kitobi emas, u insoniyatni hidoyatga boshlovchi kitob!
❓– Shayx hazratlari, anjir daraxtini yoqsa bo‘ladimi?
– Bo‘ladi, yaxshi yonadi!
❓– Odam kiyib yuradigan ishtonini yostig‘ini ustiga qo‘yib yotsa nima bo‘ladi?
– Nima bo‘lardi, sal baland bo‘ladi!
❓– NIKE krassovka kiysam bo‘ladimi?
– Razmeri to‘g‘ri kelsa, kiying!
❓– Shayx hazratlari, hozirda bosh urishtirib ko‘rishish urfga kirdi, bu mumkinmi?
– Ha, yorilmasa mumkin!
❓– Shayx hazratlari, xaloda kesak bilan poklanib kesakni hojatxonaga tashlasa nima bo‘ladi?
– Shalob, degan tovush chiqadi!
❓– Shayx hazratlari, Chechenistondan keltirilgan kosaga nima deya olasiz?
– Kosa keltirildi deya olaman!
❓– Shayx hazratlari, nima uchun bizni mazhabimiz hanafiy mazxabi?
– Imomimizning nomlari abu Haniyfa bo‘lgani uchun!
❓– Shayx hazratlari, men baliq tutishni yaxshi ko‘raman, ilmoqqa chuvalchangni tiqish gunohmasmi?
– Yo‘q, gunohmas, lekin birovlarni vaqtini olish gunoh!
❓– Shayx hazratlari, tarvuzni sotib olayotganda uning sifatini bilish uchun chaqmolatib olsa, bo‘ladimi?
– Ha bo‘ladi, faqat uyga olib borgunizcha suvi oqib ketadi!
Ulug‘ ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhamad Yusuf hazratlarini Alloh o‘z rahmatiga g‘arq qilsin! Amiyn...
https://t.center/Ahmadaliyev_Fahriddin