View in Telegram
🌿 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ayrim noo‘rin savollarga ajoyib javoblari: – Shayx hazratlari, bahorda laylak pasayib uchsa, nima bo‘ladi? – Laylak pasayib uchgan bo‘ladi. – Shayx hazratlari, Qur’onda sumalak xaqida biror narsa yozilganmi? – Qur’oni Karim pazandachilik kitobi emas, u insoniyatni hidoyatga boshlovchi kitob! – Shayx hazratlari, anjir daraxtini yoqsa bo‘ladimi? – Bo‘ladi, yaxshi yonadi! – Odam kiyib yuradigan ishtonini yostig‘ini ustiga qo‘yib yotsa nima bo‘ladi? – Nima bo‘lardi, sal baland bo‘ladi! – NIKE krassovka kiysam bo‘ladimi? – Razmeri to‘g‘ri kelsa, kiying! – Shayx hazratlari, hozirda bosh urishtirib ko‘rishish urfga kirdi, bu mumkinmi? – Ha, yorilmasa mumkin! – Shayx hazratlari, xaloda kesak bilan poklanib kesakni hojatxonaga tashlasa nima bo‘ladi? – Shalob, degan tovush chiqadi! – Shayx hazratlari, Chechenistondan keltirilgan kosaga nima deya olasiz? – Kosa keltirildi deya olaman! – Shayx hazratlari, nima uchun bizni mazhabimiz hanafiy mazxabi? – Imomimizning nomlari abu Haniyfa bo‘lgani uchun! – Shayx hazratlari, men baliq tutishni yaxshi ko‘raman, ilmoqqa chuvalchangni tiqish gunohmasmi? – Yo‘q, gunohmas, lekin birovlarni vaqtini olish gunoh! – Shayx hazratlari, tarvuzni sotib olayotganda uning sifatini bilish uchun chaqmolatib olsa, bo‘ladimi? – Ha bo‘ladi, faqat uyga olib borgunizcha suvi oqib ketadi! Ulug‘ ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhamad Yusuf hazratlarini Alloh o‘z rahmatiga g‘arq qilsin! Amiyn... https://t.center/Ahmadaliyev_Fahriddin
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily