Смотреть в Telegram
#Adliya_xabari Adliya vaziri Fargʻonada huquq fani oʻqituvchilari va mediatorlar bilan uchrashdi Adliya vaziri Akbar Toshqulov yoshlarning maʼnaviyati va tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uygʻotish masalalari yuzasidan Fargʻonada huquqshunoslik fani oʻqituvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda huquq fanining oʻqitishdagi mavjud muammolar va ularning yechimi, huquq taʼlimini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Oʻqituvchilar tomonidan maktablarda huquqshunoslik fanini chuqurroq oʻrgatish va oʻquvchilarning huquqiy ongini yanada oshirish boʻyicha takliflar berildi. Shu kunning oʻzida adliya vaziri Fargʻona viloyatida faoliyat olib boruvchi professional mediatorlar bilan uchrashdi. Ishtirokchilar mediatsiya institutining bugungi holati hamda istiqboli, professional mediatorlarning faoliyatida uchrayotgan muammolar yuzasidan fikr almashdi. Bugungi kunda Fargʻona viloyatida 125 nafar professional mediator faoliyat olib bormoqda. Mediatorlarning 102 nafari xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar, 13 nafari advokat va 10 nafari turli sohalarda faoliyat olib boruvchi fuqarolardan iboratdir. Uchrashuv davomida mediatsiya sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni rivojlangan davlatlar qonunchiligi bilan uygʻunlashtirish boʻyicha takliflar bildirildi. 📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram Center
Telegram Center
Канал