#Bilasizmi Shaxsga doir maʼlumotlardan qonunga xilof ravishda foydalanish javobgarlikka sabab boʻladiSoʻnggi vaqtlarda turli toʻlov operatorlari va ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlar tomonidan aholiga xizmat koʻrsatish, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatishda ularining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetlari orqali yordam koʻrsatish taklif qilinmoqda.
“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi
Qonunda mulkdor va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish bilan bogʻliq boʻlgan xodimlari oʻziga ishonib topshirilgan yoki kasbiy, xizmat yoxud mehnat majburiyatlarini bajarishi sababli maʼlum boʻlib qolgan shaxsga doir maʼlumotlarning
oshkor etilishiga yoʻl qoʻymasligi belgilangan.Biroq, aksariyat hollarda tadbirkorlar va toʻlov operatorlari tomonidan aholiga koʻrsatilgan xizmatlar yakuni boʻyicha shaxsga doir maʼlumotlarning yigʻilishi hamda bu maʼlumotlar boshqa shaxslarga berilishi va natijada undan turli gʻaraz niyatlarda foydalanish holatlari kuzatilmoqda.
❗️Eslatib oʻtamiz, shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
maʼmuriy va
jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Hurmatli fuqarolar, shaxsga doir maʼlumotlaringizni ishlov berish uchun toʻlov operatorlariga yoki tadbirkorlarga berish orqali
kelgusida ushbu
maʼlumotlardan boshqa shaxslar tomonidan gʻarazli maqsadlarda foydalanish xavfi ortishi mumkinligini eslatib oʻtamiz.
📌 Kanalga ulanish