“Ham chiroyli, ham farosatli boʻlsa, qanday yaxshi”, deydi
Dostoyevskiy bobo
“Oydin tunlar” asarida.
Boʻydoqlar
“oh-oh, bizning muammoni, istagimizni yozgan ekan-da bobosi tushmagur” deb yer tepmasin. Muallif bu gapi bilan inson zoti uchun farosat naqadar zarur ekanini ham urgʻulamoqda. Ya’ni butun insoniyatga aloqador narsa haqida gapirmoqda.
Ha, Dostoyevskiyning shunday “kamchiligi” bor. U doim umuminsoniy tuygʻular haqida, muammolar haqida yozgan. Yozganlari tor doira, ma’lum qatlamnigina qamrab olmagani uchun ham uning asarlari hamon boʻydoqlarni ham, kambagʻal-u oshiqlarni ham, boy-badavlatlarni ham lol qilib kelmoqda. Oʻqiyotgan odamda biroz aql va biroz qalb tirikligi bo'lsa kifoya.
Uning “Oydin tunlar” asarini oʻqishni boshladim. Dastlabki 25-30 betdan olgan xulosam shuki, bu kitobni hamma oʻqishi kerak. Ayniqsa, boʻydoqlar…)
🕊Telegram 📱Instagram