Duolari favqulodda ijobat boʻladigan odamman bor-ku. Ishxonamizda bittasiga
“yaxshi joylardan ato qilsin” deb duo qilgandim, bir oy oʻtmay erga tegib ketdi. Yesli cho oʻylashib gaplashaverasilar )))
Yana bir isbot. 2025-yilda koʻp kitob sovgʻa olay va koʻp kitob sovgʻa qilay deb niyat qilgandim. Amalga oshishni boshladi. Viloyatdan Toshkentga qaytishimiz bilan duolarim ijobatini koʻrib turibman.
@asaxiybooks rasmdagi kitoblarni yuborib turibdi deng)
Endi esa oʻzimga bogʻliq qismini ham amalga oshirib qoʻyay. Shu post izohida kanalimdagi yutuqli tomonlarini, kamchiliklarini hamda kelajakda qanday turdagi yangiliklar boʻlishini istashingizni yozib qoldiring. Hamma izohni qoldirmay oʻqib chiqaman. Bir haftadan keyin fikr va takliflari yoqqan
ikki kishiga bittadan kitob sovgʻa qilaman. 😉
Lichkaga meni ham bir duo qilib qoʻying, yaxshi joylardan ato qilsin deb yozib oʻtirmanglar tagʻin. Men “ha, otam. Ogʻriq bormi?” deydigan odamlardan emasman 😁
🕊Telegram 📱Instagram