View in Telegram
#finished Bir safar otga, koʻpkariga mehr qoʻygan, bir safar kurashning mukkasidan ketgan, birida dalaning jonkuyari sifatida oʻzbek portretining turfa shakl-shamoyilini chizib beradi Togʻay Murod. Uning asarlari predmeti menga doim oʻzbek xalqi, oʻzbek xarakteridek tuyilaveradi. “Xalq oʻz odatlari, oʻlchovlari bilan xalq-da. Ana shu narsalari bilan boshqalardan farq qiladigan millat-da”, deydi “Yulduzlar mangu yonadi” asarida kurashga ta’rif berarkan. Ushbu parcha ham yuqoridagi fikrimga isbotdek goʻyo. Ana shuning uchun ham millat boshqacha sevar Togʻay Murodni. “Yulduzlar mangu yonadi” asarini muallif 1976-yilda yozgan ekan. Mustabidning avj pallalarida. Eskilikni targʻib qilmoqda deyishlaridan qoʻrmaganmikan a? SSSR emas oʻzbek, oʻzbek va yana oʻzbek deyaverishga kuchni qayerdan olgan ekan a? Hozir oʻqisangiz juda oddiy tuyiladi, ammo oʻsha davrda oson boʻlmagani aniq. Asarda Boʻri polvon, Nasim oshna va Momoqiz kabi obrazlar bor. Har biri oʻzbekning, ha, insoniyatning emas oʻzbekning turfa qirralarini koʻrsatib beradi. Kurash orqali or va nomusning oʻlchovi, sevgining qudrati hamda mardlikning shakl-shamoyillari yarim nazmiy uslubda tushuntiriladi. Hayotning har qadami kurashdan iborat ekani, taslim boʻlmaslik, nomardlik qilmaslik, yiqilsa qaytadan kurashga kira bilish kabi falsafalar ham oʻzbek xarakteri prizmasidan ochib beriladi. Togʻay Murodning yozish uslubini katta topilma deb hisoblayman. Unda oʻzbek kishisi ruhiyatiga yaqin bir ohang bor. Bu ritmik kuy har varaqda koʻtarilib boradi. Oʻqirmon tebranib-tebranib boradi. Sollanib-sollanib oʻqiydi. Kulimsib, irshayib qoʻyadi. Asardan oʻzini topganida bundaychikin joylariyam bormiyeey deb oʻziga gapirinadi. Oʻynab qoʻyay, oʻqib, tugatib qoʻyay bu asarni deya boshini sarak-sarak qiladi. Ishonmasangiz, kitobni qoʻlingizga olib mutolaasini boshlab koʻring… 🕊Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily