Dagʻal umrlarni yashadik, gulim,
Bir necha visol-u, hijronli minglar.
Koʻngilning tilidan tarjimam oʻzing,
Qolgani soʻzlarga sigʻmagan munglar.
Hech qanday bezaksiz goʻzalsan, goʻzal,
Qaynoq tuygʻularga kerakmas pardoz.
Yana qogʻozlarning ustida yurak!
...andak sogʻinchingdan qilingan parvoz.
...yana she'rlarimni oʻqib yig'laysan,
Yuragingni osib metin bardoshga.
Yigʻlayver, yigʻlayver, toʻxtama gulim,
Bu xudbin dunyoni choʻktir koʻz yoshga...Muhiddin Nido🕊Telegram📱Instagram