Zerikkan vaqtlarimda bizdan uzoooqlarda kitoblar qanday koʻrinishda chiqayotganiga qiziqib turaman.
Avvalo, e’tiboringizni
Patrick Ness’ning “More than this” kitobiga qaratmoqchiman. Kitob muqovasiga eshik shaklida teshik qoldirilgan va asar nomi keyingi varaqda joylashtirilgan. Estetik zavq beradigan darajada goʻzal!
Keyingisi esa
“Good ideas glow in the dark” kitobi. Uning nomi va yon tomoniga fosfor
(yorugʻliq tarqatuvchi modda) surkalgan. Asar nomiga mos idea topilgan. U kitoblaringiz orasida ham “yonib turadi”.
Keyingi rasmlarda
Ourellning 1984 kitobida minimalistik elementlar bilan asar mohiyati ochib berilgan boʻlsa,
Kafkaning “Evrilish”iga ham tushunarli, mohiyatan goʻzal muqova qilingan.
Bizda ham shunday kitoblar chiqishini kutsak boʻladimi?
🕊Telegram 📱Instagram