View in Telegram
#finished Murakamining “Uyqu” asarida kundalik hayotning zerikarli takrorlanishi va inson ichki olamidagi tuygʻulari oʻrtasidagi qarama-qarshiliklar haqida fikr yuritiladi. 17 kundan beri bir soniya ham uxlay olmayotgan ayolning ichki kechinmalari va bu holatning(uyqusizlikning) hayotiga qanday ta’sir qilishiga guvoh boʻlasiz. Shu oʻrinda Murakamining menga yoqqan bir topilmasi bor. Kam uxlash yoki umuman uxlamaslik hayotimni uzaytirganini tushundim” deydi uyqusizlikka chalingan qahramonimiz. Oʻylab qoldim, butun umr har doimgidan yarim soat yoki bir soat kam uxlasak, qancha vaqt yutishimiz mumkin a? Oʻsha bir soatni shunchaki oʻzimiz, tuygʻularimiz, yaqinlarimizni yoki seviklilarimizni oʻylash uchun sarf etishimiz mumkin. Kelajak haqida rejalar tuzish, kino koʻrish yoki asar qahramoni kabi kitob oʻqisak ham boʻladi. Uyqudan tejalgan vaqt alohida bir hayot. Yoki umringizni uzaytirishning bir yoʻli. Oʻylab koʻring a? Asarda esa Murakami uyqusizlik orqali erkinlik va xavfli darajadagi yolg‘izlik holatini tasvirlaydi. Kitobni oʻqirkansiz, siz ham asar qahramoniga qoʻshilib haqiqat va xayol o‘rtasidagi chegaralarni yoʻqotib qoʻyasiz. Ayolning uyqusizligi ramz sifatida ham talqin qilinishi mumkin: zamonaviy insonning ruhiy mudrashi ayol bilan taqqoslaganda (tinimsiz uxlaydigan eri va oʻgʻli misolida) yaqqol koʻzga tashlanadi. Balki siz oʻqisangiz umuman boshqacha ma’nolar chiqararsiz. Asar har kim turfa ma’no anglaydigan darajada serma’no, serqirra deyolaman. Yuqorida aytganimdek, kitobni oʻqish davomida qahramon bilan birgalikda voqelikka shunday shoʻngʻib ketasizki, asar soʻngidagi aniq yakunga qaramasdan fikrlaringiz tuman ichida qolib ketaveradi. Ayolning uyqusizligi haqiqatmi yoki aqldan ozishmi? Balki tushdir? Lekin tushga ham uncha oʻxshamaydi-da kabi savollar bilan chalkashib qolasiz. Kitobdan olgan xulosalarning hammasini ham tushuntirib yoki matnga sigʻdirib boʻlsa edi… Xullas, oʻqib koʻring. Sizning anglaganlaringiz balki boshqacha boʻlar. 🕊Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily