View in Telegram
Turk Remarki nomini olgan Sabohiddin Alining “Ichimizdagi shayton” romani o'zining chuqur ijtimoiy analizi, murakkab qahramonlari va har bir oʻqirmonning ruhiyatiga psixologik sayohati bilan yodimda qolib ketdi. Yana unda insonning ichki kurashlari, ijtimoiy adolat va shaxsiy axloq masalalari ko'tariladi. Roman 1940-yillardagi Turkiyaning ijtimoiy-siyosiy ahvolini oʻzida aks ettirgan holda o'sha davr odamlarining muammolari, oʻylovlari va kechinmalarini oʻquvchining koʻz oldiga keltirib qoʻyadi. Asarning asosini inson meni, toʻgʻrirogʻi, unga boʻysunmaydigan ichidagi kichkina odamchasi bilan aqliy va ruhiy kurash tashkil qiladi deyish mumkin. Bu “shaytoncha” bilan kurash qanday paydo boʻlishi, insonlar bilan munosabatga qanday ta’sir qilishi, tiyib turilmasa inson hayotini qanday qilib izdan chiqarishi mumkin ekanini yuqori saviyadagi badiiylik bilan ochib beradi. Asarning bosh qahramoni Umar. U o'zini tahlil qilib, ichidagi shayton bilan kurashadi va shunday qilayotganda unga ta'sir etuvchi ijtimoiy va siyosiy omillarni ifodalaydi. Umarning ichki konflikti va uning jamiyat bilan bo'lgan munosabatlari oʻqirmonga inson psixologiyasini yana ham teranroq anglash imkoniyatini beradi. "Ichimizdagi shayton" romani inson ruhiyatidagi murakkabliklar va tez oʻzgaruvchalikni koʻproq tahlil etgandek nazarimda. Umarning ichki shaytoni bilan kurashi insoniyatning abadiy qo'rquv va tushkunlikka moyil ekanligini ochib berishi ham yuqoridagi fikrimga yaqqol misol boʻla oladi. “Ichimizdagi shayton” asari Sabohiddin Alidan oʻqigan ikkinchi asarim. Bundan avval uning “Moʻyna mantoli Madonna” romanini ham oʻqigandim. Oʻzining sifatli adabiy tili va ruhiy tahlili bilan menga manzur boʻlgandi. Asarni oʻqib chiqishingizni tavsiya qilaman. Ayniqsa, jahon adabiyotiga qiziqadiganlar maza qilishadi. Sabohiddin Ali ijodi sizga ham yoqib qolishiga ishonaman :) 🕊Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily