Qarshi shahri hokimi boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi
Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev bugun shahardagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari bilan muhim yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda kuz-qish mavsumini muammosiz o‘tkazish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda ko‘p qavatli uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, hokim tomonidan bu yo‘nalishlarda ishlarni samarali tashkil qilish bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar belgilandi.
Xususan, har bir hududda xizmat sifatini yaxshilash, ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish va mavjud muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish topshirildi.
👉@qarshishaharhokimligi