Janubiy Koreya delegatsiyasi Qarshi shahridagi obyektlarda bo‘ldi
Bugun Janubiy Koreyaning “Jahon kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash va boshqarish assotsiatsiyasi” bosh kotibi janob Rhee Sung boshchiligidagi delegatsiya Qarshi shahridagi bir qator obyektlarga tashrif buyurdi. Jumladan, delegatsiya ko‘p tarmoqli "Brosmed" va "Javohir medical" xususiy klinikalarida bo‘ldi. Klinikalar vakillari bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinib, dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, koreyalik tadbirkorlar "Qavali" va "Buyuk Turon" kichik sanoat zonalariga tashrif buyurib, bu yerdagi bo‘sh turgan binolarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi. Koreyalik tadbirkorlar hududning infratuzilmasi va imkoniyatlarini yuqori baholab, istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.
👉@qarshishaharhokimligi