Qarshi shahri hokimi Janubiy Koreya delegatsiyasini qabul qildi
Bugun Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev Janubiy Koreyaning “Jahon kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash va boshqarish assotsiatsiyasi” bosh kotibi janob Rhee Sung boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda tibbiyot, sanoat va uy xo‘jaliklari uchun rezina qo‘lqoplar, soch to‘kilishiga qarshi shampun hamda kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar rahbarlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Koreyalik tadbirkorlar o‘z mahsulotlari va loyihalarini taqdim etib, Qarshi shahrida ishlab chiqarishni tashkil qilishga qiziqish bildirishdi. Shahar hokimi mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun barcha zarur yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni rivojlantirish va amaliy ishlarni boshlash bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
👉@qarshishaharhokimligi