NEGA TUSHKUNLIKKA TUSHIB QOLAMIZ?
Bugun ko‘pchilikni qiynaydigan, o‘z hayotiga, farzandlariga befarq bo‘lib qolishlariga sabab bo‘layotgan tushkunlik haqida suhbatlashamiz.
Tushkunlikka tushishning bir nechta sabablari mavjud bo‘lib, ularning ayrimlari quyida aytib o‘tamiz:
Hayotdagi qiyinchiliklar, masalan, ishdagi muammolar, oilaviy munosabatlar yoki moliyaviy muammolar stressni keltirib chiqarishi mumkin, bu esa tushkunlikka olib keladi.
Katta o‘zgarishlar, masalan, ish joyini o‘zgartirish, ko‘chish, bo‘shash yoki yaqin insonni yo‘qotish, hissiy holatimizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ijtimoiy aloqalar o‘zaro hissiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi. Agar inson ijtimoiy jihatdan izolyatsiya qilingan bo‘lsa, tushkunlikka tushishi ehtimoli ortadi.
Oila tarixida depressiya yoki boshqa hissiy holatlar bo‘lsa, bu shaxsda tushkunlikka tushish ehtimolini oshirishi mumkin.
Miyaning kimyoviy moddalaridagi balanssizlik, masalan, serotinin darajasining pasayishi, depressiv holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Uzoq muddat davomida davom etadigan hissiy qiyinchiliklar, masalan, qayg‘u, tashvish yoki o‘z-o‘zini past baholash, tushkunlikka olib kelishi mumkin.
Hayotdagi maqsadlar va umidlar yo‘qligi, o‘zini befoyda his qilish, tushkunlikni kuchaytirishi mumkin.
Tushkunlikni bartaraf etish uchun ko‘pincha professional psixologlardan yordam olish, va sog‘lom turmush tarzini saqlash muhimdir.
https://t.center/psixolog_Abduraxmonovna