View in Telegram
Bir yaxshi anʼana boshladik Doʻstlar bilan tez-tez yigʻilib turamiz. Qaynoq kofe ustida jamiyat hayotiga oid oxirgi yangiliklar haqida fikrlashamiz. Birgalikda kichik loyihalar, tashabbuslar ham qilganmiz. Yaqinda doʻstimiz bir taklif aytdi. Faqat suhbat, kofexoʻrlik uchun yigʻilmasdan dunyoqarashimizni rivojlantiradigan ishlar qilaylik. Har safar uchrashuvga biror badiiy, ilmiy kitob, film, hujjatli kino yo spektakl koʻrib/oʻqib kelishni shart qilib qoʻyamiz. Vazifani bajara olmaganlar kelmasin, gapni oʻsha asar, film, spektakl muhokamasidan boshlaymiz, dedi. Bu fikr hammamizga maʼqul boʻldi. “Anna Frank kundaligi”dan boshladik. Kitobni oʻqishga hamma vaqt toparmikin, endi 1-2 hafta koʻrisha olmasak kerak deb oʻylagandim, ochigʻi. Quvonarlisi bu safar adashibman. Telegramdagi oʻzaro guruhimizga kitobning elektron versiyasi tashlandi, kimdir sotib oldi, xullas hamma oʻqishga kirishdi, muhokama qachon deb soʻray boshladi. Shanbada koʻrishdik, bu safar suhbatning asosiy mavzusi urush dahshatlarini oʻzida aks ettirgan ushbu asar muhokamasiga bagʻishlandi, asardagi eng esda qolarli boʻlgan nuqtalar haqida gaplashdik. Qisqasi oʻzimiz oʻylagan bu anʼana bizga juda yoqib qoldi. Keyingi uchrashuvimiz shu kunlarda va oʻqish uchun Jorj Oruellning “Molxona” asarini tanladik. Kitobni bugun topdim, katta ehtimol bilan ertagacha oʻqib chiqsam kerak. Kelasi safargilariga nafaqat oʻzbek va jahon adabiyoti badiiy asarlari, balki siyosiy, ilmiy kitoblar, hujjatli filmlardan ham tanlamoqchimiz. Bu tashabbusni faqat doʻstlar davrasida qolishini istamasdim. Telegram kanalimda har safar tanlangan asar/film/spektakllar, ular haqidagi fikrlarni eʼlon qilib bormoqchiman. Yoshlar, uka-singil, tengdoshlarni qiziqtirish uchun turli quez-testlar, tanlovlar oʻtkaziladi. Gʻoliblar aniqlanib, imkoniyat darajasida taqdirlanadi (kitoblar yoki kichikroq pul mukofotlari). Safimizga qoʻshiladiganlar va bu tashabbusni kengroq yoyishga yordam beradiganlardan minnatdor boʻlaman. @pozitsiya
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily