Bugun Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazida kanadalik ekspert Louis Trian boshchiligida seminar trening bo'lib o'tdi. Treningda baholash bo'yicha xalqaro mutaxassis tomonidan baholash markazi koordinatorlariga Bloom taksanomiyasi asosida testlarni qanday tuzish, ta'limga to'g'ri maqsad qo'yish, o'quvchilar bilimini baholashning maqsad va asosli vazifalari mavzularida atroflicha ma'lumot berildi.