🟦🟦🟦🟦
🟢Ipak qurti zararkunandalarini bilasizmi?
➡️Ipak qurti zararkunandalari — ipak qurtiga ziyon yetkazadigan zararkunandalar. Koʻpincha, hasharot (chumoli, ari, qora chigirtka, pashshalar va boshqalar), qurbaqa, ilon, sichqon , qush va boshqalar qurtlarni yeb ketishi, jarohatlashi va yuqumli kasalliklar tarqatishi bilan pilla yetishtirishga katta ziyon yetkazadi.
➡️Ipak qurtlarini chumolidan saqlash uchun soʻkchaklar oyogʻiga qoramoy surkaladi, namakobli latta oʻraladi yoki xantal kukuni sepiladi. Arilarga va qushlarga qarshi deraza va tuynuklarga mayda koʻzli simtoʻr tutiladi. Pashshalar (taxin pashshasi) ipak qurtida turli kasalliklarni tarqatishi mumkin.
➡️Qurbaqa kirmasligi uchun qurtxona ostonasi baland qilib ishlanadi. Sichqon ini sement yoki shisha parchalari qoʻshilgan loy bilan suvaladi, qopqon qoʻyiladi va zaharli xoʻrak sochiladi.
🚀Telegram |🔵Facebook | ▶️YouTube
🌐 Web-sayt |📷Instagram |🤖 Bot