💼 Pillachilik tarmog'i istiqbollari: 2024-yil yakunlari hamda yangi yilda erishilishi lozim bo'lgan natijalar yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.🔹 Bugun Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasida qo'mita raisi I. Ergashev boshchiligida "O'zbekipaksanoat" uyushmasi raisi I.Sayfullayev va rais o'rinbosarlari, Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti direktori Sh.Abdulazizov va institut olimlari, Tabiiy to'la ilmiy tadqiqot instituti vakillari, hududiy "Agropilla" MCHJ rahbarlari, pillachilik klasterlari rahbarlari, shuningdek urug'chilik korxonalari rahbarlari ishtirokida 2024-yilda pillachilik tarmog'ida erishilgan natijalar va 2025-yil rejalari muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
⚠️ Yig'ilishda qo'mita raisi tomonidan 2024-yilda erishilgan yutuqlar, xususan, kanakunjut ipak qurti yetishtirishning sinov natijalari muvaffaqiyatli amalga oshgani, o'rma tutzorlarni tashkil qilish bo'yicha salmoqli ishlar amalga oshirilgan, shuningdek, joylarda xotin-qizlar armiyasi bilan olib borilgan hamkorlik samarador bo'lganligi, chuqur qayta ishlashni yo'lga qo'yishda pillachilik korxonalarining 11tasiga Davlat byudjetidan o'ttiz million dollar imtiyozli kredit jalb qilinganligi e'tirof etildi.
🔵 Shuningdek, yangi 2025-yilda 60 mln dollar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, kanakunjut ipak qurti yetishtirish va undan sifatli pilla xomashyosi olishni keng jalb qilish, eksport, bandlik, ozuqa bazasini rivojlantirish bo'yicha tut ko'chatlarini ekish, sohaga ajratilgan yer maydonlarida o'tkazilgan xatlov natijalari hamda noqonuniy egallab olingan yerlarni joyiga qaytarish bo'yicha qonuniy choralar ko'rish bo'yicha gapirildi.
🔴 Shundan so'ng, barcha yo'nalishlar bo'yicha javobgar shaxslardan yil yakunlari hamda yangi yil uchun bajarilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan tarmoqlari bo'yicha hisobotlar tinglandi.
🔵 Qo'mita raisi tomonidan yil yakunlari bo'yicha erishilgan natijalar tanqidiy muhokama qilingani barobarida oldimizda yana ulkan vazifalar turganligi ta'kidlandi.
🟥 Davlatimiz rahbari tomonidan sohaga berilgan imtiyozlaridan unumli foydalangan holda belgilangan ko'rsatkichlarni bajarish, shuningdek yangi imtiyozli kreditlarni salmoqli loyihalarga yo'naltirish bo'yicha ko'rsatma va topshiriqlar berildi.
🚀Telegram |🔵Facebook | ▶️YouTube
🌐 Web-sayt |📷Instagram |🤖 Bot