View in Telegram
Dasturchilar uchun zamonaviy talablar o’zgarmoqda. Yangi kompaniyamiz Numeo.ai da texnologiya bo‘yicha sherigim (CTO) ilgari Warner Bros korporatsiyasida Principal Engineer bo‘lib ishlagan (Top 10 katta dasturchilardan biri). Shu sababli, biz dasturchilarni ishga olish jarayonida juda yuqori talablar qo‘ymoqdamiz. Ammo bu talablar faqat texnik bilimlar bilan cheklanib qolmaydi. Ko‘p odamlar yaxshi dasturchi bo‘lish uchun dasturlashni bilishning o‘zi yetarli deb o‘ylaydi. Aslida esa, bu faqatgina 50% ni tashkil etadi. Qolgan 50% ni tashkil qiluvchi ko‘nikmalar quyidagilardir: 1. Ishlash etikasi (Work Ethic) 2. O‘rgana va o’zgara olish (Coachability) 3. Jamoada ishlash (Teamwork) Bugungi kunda, sun’iy intellekt (AI) yordamida kod yozish imkoniyatlari oshib bormoqda. Shunday ekan, dasturlashning o‘zi yetarli bo‘lmay qolmoqda va yuqoridagi uchta “yumshoq ko‘nikma”ning ahamiyati yanada ortmoqda. Bu yumshoq ko’nikmalarni asosan yaxshi ustoz (coach) va kuchli maktabi bor kompaniyada ishlab olish mumkin. Eng katta muammo yaxshi maktabi bor kompaniyalar O’zbekistonda juda kam. O’zbekistonda yaxshi maktab ko’rgan dasturchilar 2-3% dan oshmasa kerak. @paiziev24
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily