“Bilmoq” haqida bilib oling
Arabcha
علم (bilmoq) soʻzidan yasalgan va oʻzbek tiliga oʻzlashgan soʻzlar:
1️⃣ Ilm علم – bilmoq, bilim.
2️⃣ Olim عالم – biluvchi, bilimdon.
3️⃣ Maʼlum معلوم – bilingan, kimdir bilgan narsa.
4️⃣ Muallim معلم – bildiruvchi, bilim beruvchi.
5️⃣ Taʼlim تعليم – bilim berish, bildirish.
6️⃣ Maʼlumot معلومات – bilingan narsalar, “maʼlum”ning koʻplik shakli.
7️⃣ Alloma علامة – oʻta biluvchi.
8️⃣ Ulamo علماء – biluvchi, olim (aslida bu soʻz “olim” soʻzining koʻpligi –
olimlar degani. Lekin bizga koʻplik shakli birlik maʼnoni anglatadigan soʻz boʻlib oʻzlashgan).
9️⃣ Olam عالم – bilingan, yoki bilish mumkin boʻlgan borliq.
🔟 Alam علم – bildirib turuvchi, belgi, yaʼni bayroq. “Alambardor” degani
bayroqdor degani.
1️⃣1️⃣ Aʼlam أعلم – biluvchiroq. “Allohu aʼlam” iborasi
Alloh biluvchiroq degani.
1️⃣2️⃣ Alomat علامة – bildirib turuvchi narsa, belgi.
Husan Xidirboyev sahifasidan olindi.
Manba
@oriftolib