№ belgisi haqida
Ushbu belgi bizga rus tipografikasidan kirib kelgan. Tartib raqamini ifodalaydi.
Biror hujjatni oʻsha hujjatning oʻzida raqamlashda yoki matndan tashqarida, masalan, gazeta sonini koʻrsatishda qoʻllash oʻzbekcha uchun mantiqan toʻgʻri: № 3. Belgidan keyin boʻsh joy tashlash kerak.
❗️ Matn ichida bu belgini qoʻllashni ortiqcha deb hisoblayman:
№ 16-maktab ❌
Sababi:
1️⃣ Chiziqcha bilan
-inchi maʼnosi anglashilyapti, u tartibni bildiradi. Demak, tartibni, raqamlashni bildiruvchi belgini yana bir bor qoʻllashga zarurat yoʻq.
2️⃣ Bu belgi rus tilida
номер soʻzi oʻrnida ishlatiladi va jumlani qisqartirishga xizmat qiladi, oʻzbek tilida unday emas.
3️⃣ Raqamli yoki
sonli soʻzi oʻzbekchada sondan keyin keladi, rus yoki ingliz tilida sondan oldin:
номер 2, number 2, 2-sonli. Школа №2, school number 2, 2-sonli maktab – 2-maktab.
Ushbu belgi oldin ingliz tilida ham ishlatilgan. Lekin hozir
No. qisqartmasi qoʻllanadi. Qisqartmadan keyingi nuqta qoʻyilmasligi ham mumkin.
AQSHda tartib raqamini ifodalash uchun panjara belgisi
– # ishlatish urf boʻlgan. Nemislar
Nr. shaklidan foydalanadi. Fransuz, ispan, italyan va portugal imlolarida boshqacha belgi va qisqartmalar
ishlatiladi.
№ belgisi asosan texnik xarakterdagi matnlarda uchraydi.
📌 Demak:
14-maktab,
34-uy, viloyat hokimining 52-Q/22-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 355-sonli
qarori ✅
№14-maktab, №34-uy, viloyat hokimining №52-Q/22-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining №355-sonli qarori
❌
Koʻpincha
sonli soʻzini ishlatmasa ham boʻladi. Loʻnda ifodalaganga nima yetsin:
Viloyat hokimining 52-Q/22-qarori, Vazirlar Mahkamasining 355-qarori
✅
@oriftolib