Vazirlarning mansabi bosh harfda yoziladi
Savol:
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri yoziladimi yoki
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri?
Javob:
Davlatning oliy tashkilotlari bor:
Oliy Majlis, Oliy Sud kabilar. Bunday nomlarda har bir soʻz bosh harf bilan yoziladi. Ularning rahbarlari nomi ham bosh harfda beriladi:
Oliy Majlis Raisi, Oliy Sud Raisi.
Vazirlar Mahkamasi – ijro etuvchi hokimiyatning markaziy organi. Shu sababli uning nomida ham har bir soʻz bosh harfda boʻladi. Vazirliklar – davlatning markaziy boshqaruv organi. Eʼtibor bering, eng yuqori organ emas. Vazirliklar Vazirlar Mahkamasi rahbarligida ish olib boradi, yaʼni hukumat tarkibiga kiradi.
Imlo qoidalariga koʻra, markaziy
tashkilotlardagi oliy mansabni bildiruvchi birinchi soʻzgina bosh harf bilan boshlanadi: Bosh vazirning oʻrinbosari, Mudofaa vaziri.
Vazirliklar va mansab nomi oldidagi
Oʻzbekiston Respublikasi, Oʻzbekiston kabi soʻzlar davlat nomini anglatadi. Ulardan keyingi nom bosh harfda yozilishi kerak. Qiyoslang:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
✅
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
✅
Oʻzbekiston Respublikasi va
Oʻzbekiston soʻzlari koʻpincha tushib qoladi:
Tashqi ishlar vazirligi
✅
Tashqi ishlar vaziri
✅
📌 Demak:
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri, Tashqi ishlar vaziri
✅
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri, tashqi ishlar vaziri
❌
Mavzuga oid:
🔹 Idora va tashkilotlar nomini yozishdagi xatolar
🔹 Boʻlim va boshqarmalar nomi bosh harf bilan yoziladimi yoki kichik?
🔹 Oliy oʻquv yurtlari, fakultetlar va kafedralar nomi qanday yoziladi?
@oriftolib