Idora va tashkilotlar nomini yozishdagi xatolar
Koʻzga tez-tez tashlanadigan xatolardan biri tashkilot va muassasalar nomidagi
vazirlik, qoʻmita, agentlik, uyushma, assosiatsiya kabi soʻzlarlarni bosh harf bilan yozish. Bu rus tiliga taqlidan yuz beradi. Chunki bu soʻzlar rus tilida tashkilot nomining boshida keladi. Oʻzbekchada ular kichik harf bilan yozilishi kerak:
Demak:
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
✅
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi
❌
Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi
✅
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi
❌
Gohida tashkilot nomi tarkibidagi boshqa soʻzlar ham bosh harf bilan yoziladi. Xoʻsh, aslida qanday boʻlishi kerak? Imlo qoidalariga koʻra, oliy darajada boʻlmagan tashkilotlar nomi tarkibidagi
birinchi soʻzgina bosh harf bilan yoziladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
✅
Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi
❌
Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi
✅
Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi
❌
👉 Toʻliq oʻqish
@oriftolib