Sayil va sayl
Sayil arabcha
sayr, yaʼni
piyoda yurish soʻzidan. Oʻzbek tiliga tovush oʻzgarishi bilan oʻtgan va maʼnosi ham oʻzgargan. Bu soʻzning tovush oʻzgarishisiz, aynan oʻtgan shakli ham bor, uning maʼnosi farqli.
Sayil oʻzbek tilida uch xil maʼnoda ishlatiladi:
1️⃣ Bahorda oʻtkaziladigan katta xalq sayr-tomoshalari, sayr-tomosha.
2️⃣ Umuman, katta va tantanali sayr-tomoshalar.
3️⃣ Sayr-tomosha maqsadida aylanib, kezib yurish; sayohat.
Sayil bogʻ iborasi xalq sayillari oʻtkaziladigan katta bogʻ, park, sayilgohni anglatadi.
Qovun sayli esa qovunxoʻrlik va sayr-tomosha maqsadida koʻpchilik boʻlib dalaga – qovun polizga chiqishdir.
Sayil oʻziga uchinchi shaxs birlikda egalik qoʻshimchasi qoʻshilsa,
odatda tovush tushadi:
Navroʻz sayli, gul sayli. Lekin izohli lugʻat misollarida bunday oʻrinlarda
sayili shakli ham berilgan. Menimcha,
sayli varianti toʻgʻriroq, jonli tilga yaqinroq. Tovush tushishi qonuniyatiga ham mos. Bu xuddi
atir va
atri shakllariga oʻxshaydi: xushboʻy atir, gul atri.
Izohli lugʻatda
sayl soʻzi yoʻq. Lekin
sayilgoh soʻzining varianti sifatida
saylgoh soʻzi berilgan. Mantiqan olganda,
sayl shakli boʻlmagandan keyin
saylgoh ham boʻlmaydi-da. Imlo lugʻatiga
saylgoh shakli kiritilmagan. Men bu soʻzni har doim
sayilgoh shaklida yozish tarafdoriman.
📌 Demak:
Sayil, lola sayli, xalq sayillari
✅
Sayl, lola sayili, xalq sayllari
❌
@oriftolib