View in Telegram
Atab qoʻyilgan nomlar qoʻshtirnoqqa olinadi Muassasa, tashkilot, inshoot kabilarning nomini qoʻshtirnoqqa olish-olmaslik masalasida ikkilanishlar, chalkashliklar koʻp uchraydi. Punktuatsiya qoidalariga koʻra, korxona, tashkilot, muassasa, idoralarning atab qoʻyilgan nomlari, yaʼni shartli nomlari qoʻshtirnoqqa olinadi. Masalan: “Koʻksaroy” qarorgohi, “Yoshlar” telekanali, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi. Shartli nomi yoʻq boʻlgan tashkilotlar nomi qoʻshtirnoqsiz yoziladi: Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Respublika teleradiomarkazi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi, Qishloq xoʻjaligini standartlashtirish markazi. ❗️ Biroq tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatiladigan boʻlsa, shartli nomi boʻlmagan tashkilotlarning nomi ham qoʻshtirnoqqa olinadi: “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi” davlat unitar korxonasi, “Respublika teleradiomarkazi” davlat unitar korxonasi, “Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi” davolash-profilaktika muassasasi, “Qishloq xoʻjaligini standartlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi. 📌 Demak: Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi” davlat unitar korxonasi, “Koʻksaroy” qarorgohi “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi”, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi davlat unitar korxonasi, Koʻksaroy qarorgohi @oriftolib
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily